REPERFORATOR

REPERFORATOR (re… va lot. perforare — burgʻilash, teshiklar ochish) — telegraf apparatidan kelayotgan elektr signallarini qabul qilishda qogʻoz lentaga oʻsha signallarga mos ravishda avtomatik tarzda teshiklar ochib turadigan telegraf qurilmasi. Reperforator lentada uni tortib turish uchun moʻljallangan teshiklarni ham ochib turadi. Teshiklar ochish bilan birga lentaga telegramma kodi belgilarini ham bosib turadigan Reperforator ham bor. U telegrammaning manzilini oʻqishni osonlashtiradi. Reperforator telegrammalarni kayta qabul qilishuzatish bilan shugʻullanuvchi telegraf st-yalarida ishlatiladi.