RENTGENODIAGNOSTIKA

RENTGENODIAGNOSTIKA (rentgen va diagnostika) — rentgenologik tekshiruvga asoslanib, kasalliklarni aniqlash. Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari bor (rentgenografiyaning yana bir turi flyuorografiyadir). Rentgen nurlari odam tanasidan oʻtayotganda turli zichlikdagi toʻqimalarga turlicha yutiladi. Shu sababli, ekran yoki rentgenogrammada tasvir turlicha, yaʼni kora fonda oq dog, oq fonda qora dog boʻlib aks etadi, koʻkrak qafasi rentgen apparatida tekshiril ganda uning tasviri ekranga uch xil — suyak (qovurgʻa, oʻmrov va umurtka suyaklari) quyuq soya, yumshoq toʻqima (teri, yogʻ hujayralari, muskul, nerv, tomirlar) krramtir soya, oʻpka toʻqimasi oqish soya boʻlib tushadi, yalligʻlanish, oʻsma hosil boʻlgan joy qorayib, oʻpka toʻqimasining yemirilgan joylari (Mas, oʻpka kavernasi) oqarib koʻrinadi.

Rentgenologning vazifasi shu tasvirlarni taxlil qilib, kasalliklarni aniqlashdir. Rentgenodiagnostikada baʼzi aʼzolar (Mas, suyak, yurak, oʻpka) tabiiy holicha, alohida tayyorgarlik koʻrmasdan tekshirilaveradi, baʼzi aʼzo va sistemalar (Mas, meʼda, qiziloʻngach, ichak va b.)ni tekshirishda esa sunʼiy kontrastlik hosil qilinadi, yaʼni tekshirilayotgan organga rentgenkontrast moddalardan yuboriladi.

Rentgenodiagnostika usuli kasalliklarni aniqlash va profilaktik tekshirishda keng tarqalgan. Oʻzbekistonning shahar va qishloklaridagi koʻpchilik kasalxona va poliklinikalar Rentgenodiagnostika apparatlari bilan jihozlangan. Respublikadagi tibbiyot intlarining tegishli kafedralari va Oʻzbekiston rentgenologiya va radiologiya markazi Rentgenodiagnostikaga oid ishlarga tashkiliymetodik rahbarlik qiladi. Hoz. Oʻzbekisitonda oʻta zamonaviy yangi kompyuter va yadromagnitli tomografiya usullari keng qoʻllanmoqda.