RELYATIVISTIK MEXANIKA

RELYATIVISTIK MEXANIKA — fizika boʻlimi; tezliklari yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin boʻlgan jismlar harakatini oʻrganadi. Relyativistik mexanika m: yoki «katta tezliklar mexanikasi» 1905-y. da A. Eynshteyn yaratgan nisbiylikning maxsus nazariyasida fazo va vaqt tushunchalarini qayta koʻrib chiqilishi natijasida vujudga kelgan. Relyativistik mexanikada berilgan jism massasi uning harakat holatiga bogʻliq.