REYNLANDPFALS

REYNLANDPFALS — Germaniya yeri. Reyn va uning irmoqlari havzasida, Slanesli Reyn togʻlari oraligʻida joylashgan. Fransiya, Lyuksemburg va Belgiya bilan chegaradosh. Reynlandpfals 30 avg. 1946-y. da tashkil etilgan. Mayd. 19,8 ming km2. Axrlisi 4,04 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Mayns sh. Geografik oʻrnining qulayligi, hududidan yirik avtomobil, t. y. va suv yoʻllari oʻtganligi hamda 3 iqtisodiy rn (ReynMayn, ReynNekkar, ReynRur)ning yaqinligi sababli Reynlandpfals iqtisodiyoti tez surʼatlarda rivojlanmoqda. Iqtisodiyoti koʻp tarmokli. Reynlandpfalsda ishlab chiqariladigan mahsulotning 40% eksport qilinadi, ushbu koʻrsatkich boʻyicha GFRda 1oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan, Lyudvigsxafenda Yevropada eng yirik kimyo korxonasi ishlab turibdi. Avtomobil sanoati uchun jihozlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Keramika, oziqovqat, oynashisha, koʻnteri sanoati korxonalari bor. Vinochilik va oʻrmon sanoati markazi. Daryo vodiylarida tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilik sutgoʻsht va choʻchqachilikka ixtisoslashgan. Donli ekinlar, kartoshka, texnika ekinlari ekiladi. Katta maydonlarda oʻrmonlar saqlangan. Yirik shaharlari: Lyudvigsxafen, Mayns, Koblens, Kayzerslautern, Trir va b. Tarixiy shaharlarida sobor, sinagoga, cherkov, qalʼa, qasr va saroylar saqlangan. Muzeylar bor.