REZERFORD FORMULASI

REZERFORD FORMULASI — Kulon konuni boʻyicha oʻzaro taʼsirlashuvchi zaryadlangan nuqtaviy norelyativistik zarralar sochilishining effektiv kesimini aniqlash formulasi. E. Rezerford 1911-y. da ifodalab bergan. Bu formulani Rezerford azarralarning yupqa metall plastinkalardan katta burchaklarga (9>90°) sochilishi boʻyicha oʻtkazgan tajribalari natijasini interpretatsiya kilish (izoxlash) da ishlatgan. Bu tajribalar asosida E. Rezerford atom massasining asosiy qismi musbat zaryadlangan kichik yadroda yigʻilgan, degan xulosaga kelgan. Bu kashfiyot atom tuzilishi toʻgʻrisidagi hoz. zamon tushunchasiga asos boʻlgan.