REZEDA

REZEDA (Reseda), oromgul — rezedadoshlar oilasiga mansub bir, ikki, baʼzan koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. Oʻrta Osiyoda dalalar va toshloq yerlarda oʻsadi. Oq gulli xushboʻy Rezeda bogʻlarda oʻstiriladi. Rezedaning baʼzi turlari (Mas, sariq R.) tarkibida sariq boʻyoq modda bor.