RAHMATULLO YUSUF OʻGʻLI

RAHMATULLO YUSUF OʻGʻLI (1917.10.3, Samarqand viloyati Nurota tumani — 1987) — xalq dostonchisi. Kurgʻon dostonchilik maktabi vakili. Ergash Jumanbulbul oʻti va Poʻlkan Muhammadqul Jomurod oʻgʻlining shogirdi. Undan «Tohir va Zuxra», «Sumanbar», «Zevarxon», «Varqa va Gulshoh», «Rustamxon», «Alpomish» va b. 20 dan ortiq dostonlar, termalar, oʻzi ijod etgan sheʼrlar yozib olingan, baʼzilarini oʻzi xatga tushirgan. Ular Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti folklor arxivida saqlanadi. Dostonlari «Oʻzbek xalq ijodi» turkumida nashr etilgan (1974).