RAHIMOVA Mukambar Hakimovna (1941.23.3, Toshkent) — aktrisa, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (2002). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tining aktyorlik (1964) va rej. lik (1976) ftlarini tugatgan. 1964-y. dan «Uzbekfilm»ning aktyor studiyasida. Rahimova keng diapazoni, yuqori mahorati, chuqur dramatik va satirik obrazlari bilan diqqatga sazovor. Qunduz («Istiqbol yoʻli»), Lola («Surayyo»), Enaga («Dahoning yoshligi»), Xatira («Oy borib, omon qayt»), kabi rollarni yaratgan. Rej. sifatida Fargʻona teatri («Intilganga tole yor»), Jizzax teatri («Xayolparast») va b. teatrlarda ham spektakllar, «Guvohsiz suhbat», «Nomaʼlum ayol maktubi», «Qasoskorning oltin boshi» kabi radiopostanovkalar sahnalashtirgan. Dublyaj rej. i sifatida tanilgan («Oq shudring», «Igna», «Mening Miom, Mio», «Shahrizodaning yangi ertaklari», «Zombe», «Delfin hayqirigʻi», «Uch qirolning toʻqnashuvi», «Kunning ayoli» va b.) Oʻzi ham 13 yoshidan dublyajda, radiopostanovka, telespektakllarda qatnashadi. «Dugonalar», «Tabassum», «Vatandosh», «Yaxshi kayfiyat» kabi radiojurnallarning boshlovchisi.