RAHIMOV

RAHIMOV Mirzohid (1946.30.9, Toshkent) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1964-y. dan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rej. yordamchisi, rej. assistenti, 1967-y. dan diktor. Rahimovning diktorlikka nutqi, ovozi, qobiliyati kuchli boʻlib, yoqimli ovozi, ravon nutqi, matnni kuchli ehtiros bilan va maʼnodor qilib oʻqishi tomoshabinga kuchli taʼsir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar, bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini, matbuotda chiqadigan maʼruzalarini, tantanali xabarlarni mahorat bilan oʻqiydi. Shuningdek, «Nazm va navo», «Yakshanba oqshomi» koʻrsatuvlarini, mumtoz shoirlarning gʻazallarini meʼyoriga yetkazib olib boradi va oʻqiydi. Rahimov telefilm, kinoxronika va «Oʻzbekfilm»da filmlarga ovoz bergan.