RAUFOV

RAUFOV Yoqub (1888, Oʻratepa sh. — 1974.22.1, Toshkent) — naqqosh usta, Oʻzbekiston xalq rassomi (1963). Naqqoshlik hunarini otasi usta Rauf kalondan oʻrgangan. Otasi boshchiligida Oʻrta Osiyo (jumladan, Namangan, Margʻilon, Andijon, Xoʻjand, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Chimkent va b.) shaharlaridagi jamoat binolarini bezashda qatnashgan. 18 yoshidan mustakil usta. 1923-y. dan R. Toshkentda yashagan.

Xontaxta, quticha, qalamdon va b. uyroʻzgʻor buyumlarini badiiy bezagan. Toshkent oʻquvi. ch. badiiy k-tida dare bergan. Raufov ijodida 19-a. naqqoshlik maktabi anʼanalarini davom ettirgan, milliy naqqoshlik maktablari anʼanalarini uygʻunlashtirib, oʻziga xos naqqoshlik maktabi yaratdi, burttirib «kundal» usulida naqsh ishlashni keng qulladi. Navoiy teatri (1947), Bekoboddagi metallurglar madaniyat uyi, Toshkentdagi Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi (1968), «Koʻk gumbazlar» choyxonasi (1970), Samarqanddagi «Yulduz» restorani (1969) va b. kupgina jamoat binolarini bezashda, Toshkent sh. (Polovsev uyi, hoz. Amaliy sanʼat muzeyi), Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda qatnashdi. 1937-y. dan respublika va xorijiy mamlakatlar koʻrgazmalarida Raufovning ishlaridan namunalar ham namoyish etilgan.

Ad.: Naqqoshlik, T., 1973.