RAU

RAU (Rau) Yoxannes (1931.16.1, Vuppertal) — Germaniya davlat arbobi. Kyoln sh. dagi kitob savdosi maktabini tugatgan (1952). 1952-y. dan «Umumnemis xalq partiyasi», 1957-y. dan Germaniya sotsialdemokratik partiyasi (GSDP) aʼzosi. 1968-y. dan GSDP boshqaruvi, 1978-y. dan prezidiumi aʼzosi. 1969—70 y. larda Vuppertal sh. oberburgomistri. 1977-y. Shim. ReynVestfaliya yeri sotsialdemokratlar partiyasi tashkiloti raisi, 1978-y. sent. dan Shim. ReynVestfaliya yeri bosh vaziri. 1982-y. dan GSDP raisi urinbosari. 1998-y. dan Fridrix Ebert nomidagi jamgʻarma boshqaruvi raisi urinbosari, 1999-y. 23-maydan Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti.