RAPSODIYA

RAPSODIYA [yun. rhapsodia — rapsod (dostonchi) qoʻshigʻi| — erkin shakldagi cholgʻu yoki vokal asari. Xuddi doston bayonini ifodalab, turli, kontrast epizodlardan tashkil topadi, koʻpincha xalq qoʻshiq va kuylariga asoslanadi. Yevropada 18-a. ning oxiridan maʼlum (K. F. D. Shubart, 1786). FListning 19 ta «Vengercha Rapsodiya»si, M. Ravelning «Ispancha Rapsodiya»si, J. Gershvinning «Blyuz uslubida Rapsodiya»si ommalashgan. Oʻzbekistonda ilk simfonik Rapsodiyani V. Zolotaryov yaratgan (1931). Oʻzbek kompozitorlaridan S. Boboyev(1946), D. Zokirov(1958), T. Qurbonov (1980) va boshqalar Rapsodiya yozishgan.