RAPS

RAPS (Brassica napus var. napus) — karamdoshlar oilasining Brassica avlodiga mansub bir yillik moyli va yemxashak ekini. Mil. av. 4ming yillikda ham ekilgan. Yevropada 14-a. dan ekila boshlagan va hozir asosiy moyli ekin hisoblanadi. Oʻzbekistonda oraliq ekin sifatida ekiladi. Kuzgi (V. binnis) va bahorgi (V. appua) guruhi bor. Ildizi duksimon, poyasi sershoh, boʻyi 50—150 sm. Barglari gʻuj, bandli, kam tukli. Toʻpguli 25—40 ta, guli shingil. Gullari mayda, sariq, baʼzida oq tusli. Mevasi uzun (5—10 sm), kambar (3—4 mm) qoʻzoq. Doni sharsimon, rangi och qoramtir. 1000 dona urugʻi vazni 3—7 g. R. uzun kun oʻsimligidir. Urugʻi 1—3° da unib chikadi, 15—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Kuzgi Rapsning vegetatsiya davri 270 — 300 sutka, bahrrgisiniki 95—PO sutka. Chetdan changlanadi. Raps urugʻi tarkibida 32—50% moy, 23% oqsil mavjud. Moyi ovqatga, shuningdek, margarin, sovun ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kunjarasi chorva uchun yaxshi ozuqa. Qatorlab yoki keng qatorlab, 2—4 sm chuq. ka ekiladi. Sovuqqa chidamliligi past, qishda kuchli sovukdar boʻlmaydigan mintaqalarda ekiladi. Rivojlanishining boshida namga talabchan. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqabop ekin hisoblanadi. 150 s/ga dan tortib 250 s/gacha koʻk massa beradi. Asalshirali oʻsimlik. Rapsni oraliq ekin sifatida oʻzini yoki turli ekinlarga aralashtirib ekish mumkin. Oʻzi ekilganda ekish normasi 12—15 kg/ga, javdar bilan aralash ekilganda 8—10 kg/ga. Doni boʻyicha hosiddorligi 15—25 s/ga.

Asosiy zararkunandalari: R. arrakashi, Raps bargxoʻri, karam oq qurti, Raps gulxoʻri, yashirin xartumlilar. Kasalliklari: alternarioz, soxta kul kasalligi.

Kurash choralari: yerni kuzda shudgor qilish, begona oʻtlarni gerbitsidlar bilan yoʻqotish, ekinlarga insektitsidlar sepish.

Halima Otaboyeva.