RAPANALAR

RAPANALAR (Rapana) — dengiz qorinoyoqli mollyuskalari urugʻi. Spiral chigʻanogʻi 19 sm gacha, keng oval shaklda, kulrang qoʻngʻir tusda. Chigʻanogʻi ogʻzi keng, koʻpincha ochiq sariq, qizil yoki baʼzan oqrangda. 3 turi maʼlum. Ilgari Rapanalar faqat Yapon, Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlarida yashagan. 20-a. oʻrtalarida R. Yapon dengizidan Qora dengizga kelib qolgan. Hoz. Afrika dengizi sohillari boʻylab tarqalmoqda. Kapsula ichiga tuxum qoʻyadi. Yirtqich, 2 pallali mollyuskalar (ustritsa, midiya) bilan oziklanadi. Rapanalarning zaharli suyukdik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Goʻshti qisman yeyiladi, chigʻanogʻi zebiziynat buyumi. Rapanalar ovlanadigan mollyuskalar bilan oziklanib, katta ziyon keltiradi.