RAPAKIVI

RAPAKIVI (fincha rapakivi — chirigan tosh) — porfirsimon struktura koʻrinishidagi granit; oligoklazning oq yoki ochyashil hoshiyasi bilan oʻralgan yumaloq shaklli (ovoid) pushti rang ortoklaz aralashgan. Tarkibida ortoklaz (40% ga yaqin), oligoklaz (20 % cha), qoramtir slyuda (8% cha), idiomorf kvars (30% cha) va ikkilamchi minerallardan amfibol, ortit, sfen, diopsid, magnetit, apatit kabilar bor. Rangi koʻpincha qoʻngʻirpushti, qizgʻish, baʼzan yashilroq yoki qoramtir. Rapakivi nurashga nisbatan chidamsiz, kelib chiqishi baxsli. Rapakivi Finlyandiya va Shvetsiyada koʻp uchraydi, shuningdek, RF, Ukraina va b. joylarda bor. Rapakivi qurilish va imorat sirtini qoplash uchun ishlatiladigan muhim tosh (yana q. Granit).