RANDEYa SULHI

RANDEYa SULHI — Rim imperiyasi bilan Parfiya va Armaniston oʻrtasida mil. 62 y. Randeya (hoz. Turkiyaning Xarberdi sh. yaqinida) da tuzilgan bitim. Rim qoʻshinlarining Armanistonni egallash uchun qilgan yurishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, imzolangan. Rim va Parfiya qoʻshinlari Armanistonni tark etishgan, Armaniston ilgarigi hududini saqlab qolgan. Randeya sulhiga koʻra, Armaniston taxtiga Parfiya podshosi Vologesning ukasi Tiridat oʻtirishi lozim boʻlib, toj kiyish marosimi Rimda oʻtkazilishi kelishilgan. Tiridat 65— 66 y. larda Rimga sayohat qilgan va imperator Neronsan Armaniston tojini olib, armanlarning arshakiylar sulolasiga asos solgan.