RANGKOʻL

RANGKOʻL — Pomirdagi koʻl. Tojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida. Sharqiy Pomirda, 3782 m balandlikda. Mayd. 7,8 km2. Eng chuqur joyi 2,5 m. Qirgʻoqlari yassi, ayrim joylari botqoq. Suvi baʼzan chuchuk, baʼzan shoʻrroq. Uzukdaryo orqali gʻarbidagi Shoʻrkoʻl bilan birlashib turadi. Sohillarida yaylovlar bor.