RANG

RANG ( tasviriy sanʼatda) — rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi. Rang orqali rassom mavjud borliqni oʻziga xos xususiyatlari bilan haqqoniy aks ettiradi. Jahon sanʼati taraqqiyotida borliq R. ini aks ettirishning turli uslub va tizimlari shakllangan, biroq hammasining asosida Ranglarni bir-biri b-n aralashtirib, yangi Rang hosil qilish uslubi yotadi. 7 xil kamalak (spektr) R. ini bir-biriga aralashtirish orqali 280 dan ortiq Rang tuslanishini hosil qilish mumkin. Rang inson ruhiyatiga kuchli taʼsir etuvchi vosita boʻlib, u insonda quvonch va mayuslik, tetiklik yoki gʻamginlik, xotirjamlik yoki bezovtalik tuygʻularini uygotishi mumkin. Rassom uchun Rangning ana shu kuchi muhim omil boʻlib, ular asarning gʻoyaviyplastik yechimida muxim rol oʻynaydi.

Tabiatdagi bor R. lar axromatik va xromatik Rang larga boʻlinadi. Axromatik Rang larga oqdan toʻq qoragacha boʻlgan boʻyoqlar, qolganlari xromatik (kizil, sariq, koʻk va h. k.) R. larga kiradi. Xromatik Ranglar oʻz navbatida issiq (qizil, sariq, zargʻaldoq) va sovuq (koʻk, moviy, binafsha), shuningdek, har ikkisiga kiruvchi (binafsha, yashil) Rang larga ajratiladi. Rangtasvirda issiq va sovuq Rang larning oʻzaro uygʻunligi asarning rang tizimi — koloritni tashkil qiladi, shuningdek, asar kompozitsiyasini tashkil etuvchi unsur va vosita hisoblanadi. Iliq P. yaqinlik, sovuq Rang uzoqlik tuygʻusini berishi asarda masofani kursatish (ayniqsa, manzara janri)da koʻl keladi.

Tasviriy sanʼat tarixida Rangdan foydalanish jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borgan. Ibtidoiy jamoa rassomi oʻz «asar»ini mavjud tabiiy Rang (yogʻoch koʻmiri, olov kuyasi)dan foydalanib ishlagan, jamiyat rivoji bilan Rang — pigment va bogʻlovchilar ortib borgan, Rang usuli rivojlangan: quldorlik davrida murakkab Rang (akvarel, tempera, enkaustika) texnologiyasi ishlab chiqilgan. Oʻrta asrlar oxirida moyboʻyoq texnologiyaSi paydo boʻlgan, shu davrdan Rang tuslanishi ham ortib avvalgi lokal, yassi R. oʻrnini nursoya yordamida oʻzgaruvchi, tuslanuvchi Ranglar tizimi egallagan. Buyumlarning toʻlaqonli hajmli koʻrinishini aks ettirish, fazoviy boʻshliqni Rang orqali oʻzlashtirish kuchayib borgan. 19-a. 60—70-y. laridan yorqin (spektr) Rang larga yaqin Ranglarni yonmayon qoʻyish asosida kartinalar yaratila boshlandi. Bunday asarlarni maʼlum masofadan kuzatish lozim. Avangard sanʼati (abstrakt sanʼat, simvolizm, syurrealizm va b.)da Rang majoziy, ramziy mazmunga ega boʻldi, koʻp hollarda asarning asosiy mazmuni va gʻoyasini tashkil etdi. Ranglar oʻlchami, shakli, oʻrni oʻzida sirli, falsafiy mazmunni yoritishga karatildi.