RANA SANGA

RANA SANGA, Sangram Singh (?—1528) — rojput, Boburning Hindistondagi eng kuchli raqibi. Rana Sanganing asosiy mulki Mevar edi. Mandu sultonlarining hokimiyati zaiflashgach, Rana Sanga undan Rantanbur, Arangpur, Bxilsan va Chandiri kabi keng viloyatlarni tortibolgan. Bobur Kobuldaligida Rana Sanga unga kishi yuborib, «Agar hukmdor Dehyai viloyatiga kelgudek boʻlsalar, men Agraga ketaman» degan. Biroq Bobur 1526-y. Ibroqim Loʻdiyni yengib, Deush va Agrani olgach, Rana Sanga unga qarshi chiqib (1527-y.), Kandar qalʼasini qamal qilgan va uni egallagan. Rana Sanga bilan Bobur oʻrtasidagi sal qiluvchi Kxanua jangi 1527-y. 13-martda yuz berdi. Jangda Bobur koʻllagan tulgʻama usuli va artilleriya ish berdi. Jangda Bobur toʻla gʻalabaga erishdi. Rana Sanga bir yildan soʻng vafot etgan.