RAMSTEDT

RAMSTEDT (Ramstedt) Gustav Yon (1873.22.10, Tammisari — 1950.25.11, Xelsinki) — fin oltoyshunos — tilshunosi. Xelsinki un-ti prof. (1917— 41). Moʻgʻul tillarini qiyosiytarixiy oʻrganishning hamda qiyosiytarixiy oltoyshunoslikning asoschilaridan biri. Ramstedt 1898-y. dan boshlab bir qancha yillar davomida Volga va Kuma daryolari boʻylari, Mongoliya hamda Kushka atrofida ekspeditsiyalarda boʻlib, moʻgʻul, qalmoq, chigʻatoy tillari va folklori boʻyicha materiallar toʻplagan, ularni turkiy parallellari bilan qiyoslagan holda eʼlon qilgan. Ramstedt moʻgʻul va turkiy tillari boʻyicha tadqiqot olib borib, «Moʻgʻul va turkiy tillarida feʼl yasalishi», «Oltoy tillarida son», «Oltoy tillarining qarindoshligi haqida» singari ilmiy asarlari bilan oltoyshunoslik nazariyasiga asos solgan; qalmoq tili boʻyicha «Qalmoqlugʻati», «Qalmoq tili va uning dialektlari» kabi asarlar yaratgan. Ramstedt uraloltoy tillarining genetik qarindoshligi haqidagi fikrlarga qarshi chiqqan, koreys va yapon tillarini oltoy tillari guruhiga kiritgan. Oltoy tillaridagi tovush va shakliy oʻxshashliklar qaqidagi toʻliq maʼlumot uning «Koreys tili boʻyicha etimologik tadqiqotlar» (1—2j., Xelsinki, 1949 — 53) asarlarida bayon qilingan.

As: Vvedeniye v altayskoye yazыkoznaniye. Morfologiya, M., 1957.

Ergash Umarov.