RAMSES II

RAMSES II (taxtga oʻtirgandan soʻng — Usermaat-Rasotepen-Ra) — Misr firʼavni (mil. av. 1290—24). Misrning 14-a. boshida Falastinda yoʻqotgan mavqeini qayta tiklagan. Xettlar bilan uzok, muddat kurashgan; keng miqyosda qurilishbunyodkorlik ishlari olib borgan: Abidos, Fivada (Ramesseum) ibodatxonalar. Karnaka va Luksordagi inshootlar, Abu Simbaldagi har 2 gʻor ibodatxonasi, Edfu ibodatxonasi va b.