RAMI

RAMI (Boehmeria), xitoy chayon oʻti, qichitqon — gazandadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik lub tolali usimliklar turkumi. Vatani — Xitoy. Yaponiya, Shim. Hindiston, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida koʻp ekiladi. Ramining 90 dan ortiq turi bor, ulardan ikkitasi: oq P. (B.nivea Hook) va yashil P. (B.utilis Blume) keng tarqalgan. Issiqsevar, namsevar oʻsimlik. Oq R. barglarining pastki tomoni oq tuklar bilan krplangan. Yashil Ramida bu belgi sezilmaydi. Ikkala turi ham tola olish maqsadida ekiladi. Rami buyi 1—3 m ga boradi, juda tez oʻsuvchi bir qancha tik poyalardan iborat (bir tupda 50 tadan ortiq poya rivojlanadi). Bargi uz. 7—21 sm, navbatmanavbat joylashgan, barg Rami, bandining uz. 7—10 sm. Urugʻi juda mayda. Ramining tolasi yuqori texnologik sifatga ega, kanop tolasiga nisbatan 4-marta, paxta tolasiga nisbatan 7-marta pishiq. Tolasidan gazlama tukiladi, poyabzal i. ch. da, balikchilikda ishlatiladi. 19-a. ning 60-y. laridan Sharqiy Gruziyaga keltirilgan. 20-a. ning 30-y. larida Oʻzbekiston lub tolali ekinlar tajriba stansiyasiaa kanop, kendir, jut bilan bir katorda Ramini ustirish tajribalari olib borilgan. Sugʻorib ekiladi, ekilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab bir yilda uch marta (oʻsish boshlanishi davrida 60 — 70 kun oralatib) oʻrib olinadi. Hosildorligi quruq poya boʻyicha 500—800 s/ga va undan ortiq. Tolasi yashil poyalardan ajratib olinadi, tola chiqishi 22,5%.