RAMAPITEKLAR

RAMAPITEKLAR (Ramapithecus) qirilib ketgan odamsimon maymunlar. 2 turi maʼlum. Pastki jagʻ suyaklari qoldiqlari va tishlari Hindistonda yuqori miotsen yotqiziqlaridan topilgan (1934). Ramapiteklar qoldiqlari Sharqiy Afrika (Keniya, 1962), Yevropa (Vengriya, Turkiya)dan ham topilgan. Tishlarining morfologik xususiyatlariga koʻra, Ramapiteklar avstralopiteklarga yaqin turadi. Ramapiteklarning absolyut yoshi 13—14 mln. y. ga teng. Ramapiteklar avstralopiteklarning ajdodi hisoblanadi. Lekin keyingi yillarda koʻpchilik tadqiqotchilar Ramapiteklarni orangutanlarga yaqinlashtirib, ularni odam ajdodlari qatoridan chiqarishni taklif qilchshmoqda.