RAMAZON

RAMAZON — 1) hijriy yil hisobining 9oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (sav)ga Kurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27kuniga oʻtar kechasi Muhammad (sav)ga Qurʼon nozil qilingan (q. Laylatulkadr). Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2yili joriy etilgan.

Musulmon mamlakatlarida Ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.

2) Ramazon munosabati bilan aytiladigan marosim qoʻshigʻi. Ramazon oyida kun botgandan soʻng bolalar koʻchamakoʻcha yurib, har bir xonadon eshigi oldida R. qoʻshigʻini aytishadi. Ramazon qoʻshiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, R. ning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. Ramazon aytish tugagach, xonadon egalari R. aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va b. inʼomlar chiqarib berishadi.