RAKAAT

RAKAAT (arab. — muayyan amallarning namozda takrorlanishi) — islomda shmyuzning asosiy qismi, namoz oʻqishda bajariladigan muayyan harakatlar va ular bilan qoʻshib oʻqiladigan duolar. Har Rakaat bir necha ibodat harakatlarini oʻz ichiga oladi: tik turish, belgacha egilish (rukuʼ), boshni yerga qoʻyish (sajda), tiz choʻkish (qaʼda) va yana tik turishdan iborat bir tartibdagi harakatlardan tashkil topadi. Bir Rakaat tugagach, yangi Rakaat boshlanadi. Har bir namoz — xoh farz boʻlsin, xoh sunnat boʻlsin, maʼlum miqdordagi Rakaatlarni oʻz ichiga oladi.