RAYHONIY

RAYHONIY — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Muhaqqaq xati asosida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Bavvob va Ibn Muklaʼ. Xat goʻzalligi va nozikligi tufayli rayhon nomi bilan Rayhoniy deb ataladi. Suls xatiga qaraganda Rayhoniyda aylanma shaklli xarflar yotiqroq, «vov», «mim» harflari choʻziqroq yoziladi va harflar oxiridagi qayrilmalar boʻlmaydi. Bu xat kitob sahifalari bezagida, 14—15-a. larda kitob xotimalarini yozishda ishlatilgan. Jamoliddin Yoqut, Jaʼfar Boysunquriy, Boysunqur Mirzo ushbu xat ustasidir.