RAYKOVA Ilariya Alekseyevna

RAYKOVA Ilariya Alekseyevna (1896.17.9, Samarqand viloyati — 1981.25.10, Toshkent) — botanik. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1956). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1945), biol. fanlari d-ri (1944), prof. (1945). Samarqanddagi xotinqizlar gimnaziyasini tugatib (1913), Petrograddagi Oliy kurslardaoʻqigan (191419), 1920-y. dan Turkiston un-tida oʻqituvchi, dotsent (193033), prof. (193345), tuban oʻsimliklar (1938—40), 1945-y. dan darvinizm, genetika va eksperimental morfologiya kafedrasi mudiri. Raykova Oʻrta Osiyo boʻylab koʻp ekspeditsiyalar uyushtirgan va ularga boshchilik kilgan. Asosiy ilmiy ishlari Pomirdan q. x. maqsadlarida foydalanishga, gʻoʻzaning tuzilishi va rivojlanishiga hamda Oʻrta Osiyo uzumlariga bagishlangan.

As: Sornыye rasteniya, vrediteli i bolezni rasteniy na polyax Vostochnogo Pamira i ix proisxojdeniye, T., 1953.