RAYKIN Arkadiy Isaakovich

RAYKIN Arkadiy Isaakovich [1911.11(24).10, Riga — 1987] — aktyor, xgrada artisti. Xalq artisti (1968). Mehnat qahramoni (1981). Leningrad teatr texnikumini tugatgan (1935). 1935-y. dan sahnada. 1939-y. dan Leningrad miniatyura teatri [1982-y. dan MoskvadagiDavlat miniatyura teatri (1987-y. dan Moskva «Satirikon» teatri)] aktyori va badiiy rahbari. Lahzada turli obrazlarga kirish ustasi. Estrada felyetonlari, xajviy pyesalar, monologlarning moqir ijrochisi. Uning ishtirokida bir qancha spektakl va mavzuli dasturlar, miniatyura teatrlari, oʻtkir satirik va lirik portretlar yaratilgan («Bir piyola choyga», «Dunyo boʻylab 80 kun», «Sevgi va uch apelsin», «Svetofor», «2 dan 50 gacha» va b.).