RAY

RAY, Rey, qad. Para — Erondagi qad. shahar. Tehrondan 8 km shim. sharqda joylashgan. Ray nomi Avesto va Bihistun kitobalariaya qayd etilgan. 7-a. da arablar bosib olgan. Tohiriylar, Somoniylar, Buvayhiylar davlatlari tarkibiga kirgan. 1027-y. Mahmud Gʻaznaviy egallagan. 1042—1194-y. larda Saljuqiylar davlati tarkibida. 10 — 12-a. larda Ray — Eronning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri boʻlib, ipak matolar va sopol qandillar i. ch. b-n mashhur boʻlgan. 1194—1220-y. larda R. Xorazmshohdar davlati tarkibida; 12a. oxiri va 13-a. larda oʻzaro diniy nizolar natijasida ancha jabr koʻrgan. 1220-y. moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Gʻozonxonnpng Ray arkini qayta tiklash yoʻlida qilgan saʼyharakati natija bermagan.