RAIYAT

RAIYAT (arab.) — 1) biror oʻlka yoki mamlakat aholisi;

2) oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida dastlab barcha soliq toʻlovchi qishloq va shahar aholisi. Usmonli turk imperiyasida 18a. oxiridan boshlab «Raiyat» (raiya) atamasi faqat musulmon boʻlmagan aholiga nisbatan ishlatilgan. Indoneziyada «Raiyat» xalq maʼnosida qoʻllaniladi.