RAZIN QOʻZGʻOLONI

RAZIN QOʻZGʻOLONI, Stepan Razin boshchil igidagi dehqonlar urushi (1670—71) — Rossiyada pomeshchiklarga va krepostnoylikka qarshi dehqonlar urushi. Don, Volgaboʻyi va Volga ortiga yoyilgan. 17-a. oʻrtasida krepostnoy dexdonlarni asoratga solishning juda kuchayishi tufayli kelib chiqqan. Urushga S. T. Razin, V. R. Us, F. I. Sheludyak va b. boshchilik qilgan. Bu urushda harakatlantiruvchi kuch — krepostnoy dehqonlar, kazaklar, savdogarlar, hunarmandlar va Volga boʻyining rus boʻlmagan xalqlari (chuvashlar, marilar, mordvalar, tatarlar) boʻlgan. Razin otryadlari 1670-y. ning kuzida quyi Volgaboʻyini egallaganlar. Shu yilning avg. da Razin katta qoʻshin (taxm. 10 ming kishi) bilan Saritsindan chiqib, Volga boʻylab Moskva tomon yurgan va sent. da Simbirskiy qamal qilgan. Ayni paytda qoʻzgʻolonchilar otryadlari Kurmish, Alatir, Saransk, Penza va b. joylarni ham qoʻlga kiritganlar. Qoʻzgolonchilar okt. da Simbirsk ostonalarida magʻlubiyatga uchradilar.