RAZIN Stepan Timofeyevich

RAZIN Stepan Timofeyevich (taxm. 1630—71) — Rossiyada dehqonlar urushi (1670—71) rahbari, Don kazagi. 1662—63 y. larda Don atamani, qrim tatarlar va turklar bilan kurashgan. 1667-y. kambagʻal kazaklar otryadi bilan Volga va Yoyiqqa, 1668—69 y. larda Kaspiy dengizi orqali Eronga harbiy yurishlar uyushtirgan. 1670-y. bahorida dehqonlar urushiga rahbar boʻlgan. Kazak starshinasi (oqsoqoli) tomonidan chor hukumatiga xoinona tutib berilgan. Moskvada qatl etilgan (yana q. Razin qoʻzgʻoloni).