RAZDAN

RAZDAN, Zanga — Armanistondagi daryo. Kura havzasidagi Araks daryosining chap irmogʻi. Uz. 146 km. Havzasining mayd. 2560 km2 (Sevan koʻli havzasi bilan birga 7310 km2). Sevan kulidan oqib chiqadi. Yuqori qismida togʻ vodiysidan, quyi qismida Ararat tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi boshlanishida 2 m3/sek., quyilish joyida 17,9 m3/sek. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Daryoning umumiy nishabi 1097 m (1,8 m/km). Razdanda 6 ta GES kaskadi qurilgach, suv sarfi Sevan koʻli suvi hisobiga 44,5 m3/ sek. gacha ortdi. Lekin koʻl suvi sathini saqlab qolish maqsadida suv sarfi keskin kamaytirildi. Daryo sohilida Yerevan, Sevan, Razdan, Charensavan, Arzni sh. lari joylashgan.