RAZVYORTKA

RAZVYORTKA (rus.) — metall detallarning teshiklariga toza ishlov berish uchun moʻljallangan koʻp tigʻli asbob. Oʻtkir qilib charxlangan boʻylama tishlari bor tana (sterjen) koʻrinishida boʻladi. Dastaki (buramaga oʻrnatib qoʻlda ishlatiladigan) va mashina (stanokka oʻrnatib ishlatiladigan) Razvyortkalar bor. Tuzilishiga koʻra, Razvyortka yaxlit, yigʻma, kerma va b. xillarga boʻlinadi. Razvyortka pishiq legirlangan (q. Legirlash) asbobsozlik poʻlati, qattiq qotishmalardan tayyorlanadi.