RAJABOV

RAJABOV Narzi (1924, Buxoro viloyati, Jondor tumani — 1944.22.8, Ungeni sh., Moldaviya) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1942-y. yanv. dan frontda. 2Ukraina fronti 52armiya 31oʻqchi diviziyasining 818-oʻqchi polki pulemyotchisi boʻlgan. Rajabov 1944-y. Cherkassi viloyatining Zvenigorodka rnidagi Rijanovka qishlogʻini va Moldaviyaning bir qancha qishloqlarini ozod etishda pulemyotdan oʻt ochib, dushmanning bir necha oʻt ochish nuqtasini oʻchirgan, 200 dan ortiq gitlerchini qirib tashlagan. Janglardan birida (22 avg.) qahramonlarcha halok boʻlgan. 1944-y. 13 sent. da Qahramon unvoni berilgan. Rajabovning yurtida byusti oʻrnatilgan, oʻrta maktabga nomi berilgan.