RAJAB OYI

RAJAB OYI — musulmonlarning hijriyqamariy yil hisobida 7-oyning arabcha nomi. 30 kunga teng. Arabiston ya. o. da islomdan avvalgi — johiliya davrida urush harom qilgan 4 oydan biri (zulqaʼda, zulhijja, muharram oylari b-n bir qatorda).