RADXAKRISHNAN

RADXAKRISHNAN Sarvapalli (1888.5.9, AndhraPradesh shtati — 1975.17.4, Madras) — Hindiston vitseprezidenti (1952—62), prezidenta (1962—67), faylasuf olim, davlat va siyosiy arbob, diplomat. Madras un-tida tahsil olgan. Maysur un-tida prof. (1918—26), Kalkutta un-tida falsafa kafedrasining mudiri (1921—31). Hindiston faylasuflar jamiyatining prezidenti (1927—50), Andhra (1931— 36) va Banoras untlarida boshkansler (1939—40). YUNESKOda Hindiston delegatsiyasining rahbari (1946 — 50), Hindistonning SSSRdagi elchisi (1949—52). Dexli un-tida kansler (1953—62), Oksford (Angliya) un-tida prof., Moskva un-tida prof. (1956). Xalq ozodlik harakatida faol ishtirok etgan. Gandi va J. Neduning safdoshi. Radxakrishnan mustamlaka tizimini tugatishga daʼvat qilgan, harbiy uyushmalarni qoralagan, urushlardan voz kechishga chaqirgan. Radxakrishnan koʻplab falsafiy hamda adabiyot, taʼlim, tarix, siyosatga oid asarlar muallifi. Radxakrishnanning 2 jilddan iborat «Hind falsafasi» asari rus tiliga tarjima qilingan.

As: Indiyskaya filosofiya, t. 1—2, M., 1956-1957.