RADON

RADON (Radonum), Rn — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 86. Inert gazlar jumlasiga kiradi. Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning a — yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil boʻlganligi sababli unga «Radon» nomi berilgan. Bu izotopni 1899-y. da nemis olimi E. Dorn kashf kilgan. Hoz. vaqtda Radonning 20 dan ortiq izotopi maʼlum. Radonning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jumlasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuprokda uchraydi. Normal sharoitda 1m3 havoda 7106 Radon boʻladi.

Radon normal sharoitda rangeiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. Suyuklanish trasi — 71°, kaynash trasi —62°, zichligi 9,9 kg/m3. R. radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Radon radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi baʼzi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi.

Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (R. li vannalar) ishlatiladi (q. Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi.