RADLOV Vasiliy Vasilyevich

RADLOV Vasiliy Vasilyevich (Fridrix Vilgelm) (1837.5.1, Berlin — 1918.12.5, Petrograd) — rus sharqshunosturkiyshunosi, etnograf va tarjimon. Peterburg FA aʼzosi (1884), falsafa fanlari d-ri (1858). Berlin untini tugatgan (1858). Peterburg FA Osiyo muzeyi (1885—90), Antropologiya va etnografiya muzeyi direktori (18941918). 1858-y. dan umrining oxirigacha Rossiyada yashagan Radlovning hayoti va ilmiy faoliyati shartli ravishda 3 davrga boʻlinadi: Oltoy davri (185971)da R. Oltoy va Gʻarbiy Sibirdagi turkiy xalqlar tillarini oʻrgangan, bu xalqlarning tillari, folklori, etnografiyasi va arxeologiyasiga oid materiallar toʻplab, ularni dastlabki ishlovdan oʻtkazgan. Qozon davri (1871—84)da uning turkiy tillar fonetikasiga bagʻishlangan yirik asari — «Shimoliy turkiy tillarning chogʻishtirma grammatikasi. lqism. Fonetika» Leypsigda nemis tilidachop etilgan (1882—83). Peterburg — Petrograd davri (1884—1918)da Radlov nomini jahonga tanitgan 4 j. li 24 kitobchadan iborat «Turkiy lahjalar lugʻati tajribasi» («Opыt slovarya tyurkskix narechiy») dunyoga keldi. Ushbu fundamental asar 40 dan ortiq turkiy tilda uchraydigan 70 ming lugʻaviy birlikni qamrab olgan.

Radlov 1860—70 y. lardagi Oltoy, Sibir, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo ekspeditsiyalarining ishtirokchisi, 1891-y. dagi Urxun ekspeditsiyasining rahbari, 1898-y. dagi Turfon ekspeditsiyasining tashkilotchisi boʻlgan, birinchilardan boʻlib turkiy urxunenisey yozuvini oʻqigan; 21-a. yozma yodgorligi boʻlmish «Qutadgʻu bilig»ning Vena kutubxonasidagi uygʻur yozuvli nusxasining faksimilesini va nemischa tarjimasini nashr etish bilan (1891—1910) ushbu asarni oʻrganishga asos solgan.

Radlov oʻzining 60 yillik ilmiy faoliyati davomida oʻz ilmiy qiziqishlari doirasiga asta-sekin turkiyshunoslikning barcha sohalarini qamrab olgan va mazkur sohalarda rus va nemis tillarida yaratgan ishlari bilan turkiyshunoslikning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

As: Obrazsы narodnoy literaturы tyurkskix plemen, jivuщix v Yujnoy Sibiri i Dzungarskoy stepi, ch. 1 — 10— SPb., 1866 — 1907; Opыt slovarya tyurkskix narechiy, tt. 1 — 4SPb., 1893-1911.

Ad.: Kononov A. N., Istoriya izucheniya tyurkskix yazыkov v Rossii. Dooktyabrskiy period, L., 1972; Qoʻchqortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984.

Ergash Umarov, Abduvahob Madvaliyev.