RADISHChEV Aleksandr Nikolayevich

RADISHChEV Aleksandr Nikolayevich [1749.20(31).8, Moskva — 1802.12(24).9, Peterburg] — rus yozuvchisi va faylasufi. Peterburgdagi Pajlar korpusi (1762—66) va Leypsig un-tining huquqshunoslik f-ti (1766—71)da oʻqigan. Radishchev dunyokarashining shakllanishida fransuz maʼrifatparvarlarining asarlari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 1771-y. da R. Senatga protokolchi etib tayinlangan va shu vaqtda Mablining «Yunon tarixi haqida oʻylar» kitobini rus tiliga tarjima qilgan. 1773—75 y. larda diviziya prokurori boʻlib ishlagan, Pugachyov qoʻzgʻoloni shafqatsizlik b-n bostirilgach (1775), isteʼfoga chikib, turli joylarda xizmat qilgan. 80-y. larda rus maʼrifatparvarlari harakati qizgʻin tuye olganda Radishchev ular bilan hamkorlik qilgan. Uning rus xalqi tarixi boʻyicha mushohada va mulohazalarining mahsuli sifatida «Lomonosov haqida soʻz» (1780), «Doʻstimga xat» (1782, Pyotr 1 haykalining ochilishi munosabati b-n) makrlalari, «Erkinlik» qasidasi (1783) va b. asarlari maydonga kelgan. 1790-y. esa Radishchev ijodining «gultoji» — «Peterburgdan Moskvaga sayohat» asari Radishchevning oʻz bosmaxonasida 650 nusxada chop etilgan. Ammo kitob musodara etilib, Radishchevning oʻzi Sibirga surgun qilingan. Radishchev Yekaterina II vafotidan keyin ozodlikka erishib (1796), otasining Nemsovo qishlogʻidagi qoʻrgʻoniga koʻchib borgan. 1801-y. esa u krnunlar tuzish komissiyasiga ishga jalb etilgan. Radishchev «Peterburgdan Moskvaga sayohat» asarida 18-a. oxiri rus voqeligidagi ijtimoiy ziddiyatlarini teran ochib bergan. Radishchevning bu va b. asarlaridagi inqilobiy ruh sovet davrida yuqori baholangan va Radishchev sovet mafkurasining bayrokdorlaridan biriga aylangan.