RADIF

RADIF (arab. — ketmaket keluvchi) — Sharqxalqlari, shu jumladan, oʻzbek sheʼriyatida misra yoki bayt oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz, ibora, ran. R. bir soʻz (qisqa Radif) yoki bir necha soʻz (yoyiq R.)dan iborat boʻlishi mumkin. Bir soʻzli Radif koʻproq uchraydi. Sheʼr texnikasi taqozosiga koʻra, Radif takrorlanishi emotsional jihatdan lozim va zarurdir. Gʻazalda Radif matlaʼdan maqtaʼgacha qofiyadosh suzlardan keyin takrorlansa, masnaviyda bayt doirasidagina keladi. Baʼzan Radif qofiyadan oldin, hatto qator boshida keladi. Radif qofiya b-n boshqariladigan ohangdoshlikni, tovush uygʻunligini taʼminlashga xizmat qiladi, sheʼrga musiqiylik va ritmik ohang baxsh etadi. Sheʼrning tarjimasida ham R. saqlanib qoladi.