RADIOUZEL

RADIOUZEL — radiodasturlarni sim orqali uzatish va mahalliy radioeshittirishlar olib borish uchun moʻljallangan uzatuvchiqabul qiluvchi apparatlar majmui. Radiouzelda radiostansiya dasturlari radiopriyomnik orqali qabul qilinib va past chastota kuchaytirgichida kuchaytirilib, simli radioeshittirish tarmogʻiga uzatiladi. Mahalliy radioeshittirishlar olib borish uchun mikrofon va magnitofonlgt foydalaniladi. Radiouzel oʻzgaruvchan tok tarmogʻidan yoki oʻz elektr st-yasidan energiya bilan taʼminlanadi. Radiouzel radiotranslyatsiya tarmogʻining muhim qismi hisoblanadi. Radiouzelda radiodasturlar abonentlarga kichik kuchlanishlarda uzatiladi.