RADIOTELEFON

RADIOTELEFON — abonentlar (soʻzlashuvchilar)ni kabelsiz radio orqali ulaydigan telefon. Bir necha turi bor:

1) Shaxsiy Radiotelefon — uzatish uzokligi 150—200 m gacha («oʻyinchoq») va 2 — 10 km gacha («uoki — toki») boʻlgan oddiy koʻchma uzatuvchiqabul qiluvchi qurilma va 40—50 km oraliqda Radiotelefon aloqa oʻrnatiladigan ancha kuchli (avtomobilga oʻrnatiladigan va muqim P. ;

2) «simsiz» R. — asosiy telefon apparati radiokanal bilan bogʻlangan telefon apparat; bunda abonent asosiy telefon apparatidan bir necha yuz metr masofada boʻlishi mumkin; 3) «radiouzaytirgichlar» — biri abonentda, ikkinchisi avtomatik telefon st-yada boʻlgan 2 ta qabul qiluvchiuzatuvchi qurilmadan iborat; bunda aloka qilish uchun abonentga maʼlum radiochastota ajratiladi yoki abonent shaxsiy telefon apparatining kabul kiluvchiuzatuvchi uskunasi bilan ulangan boʻladi; 4) uyali telefon tarmoklari; bunda abonent uzatuvchiqabul qiluvchi jamoa tarmogi qamrab olgan barcha hudud boʻyicha aloqa qila oladi.