RADIOTELEMEXANIKA

RADIOTELEMEXANIKA — boshkarish komandalari va nazorat (signal berish va oʻlchash) axborotlarini uzatish uchun radioaloqa kanallaridan (koʻproq santimetrli, detsimetrli toʻlqin diapazonida) foydalaniladigan telemexanika sohasi. Qoʻllaniladigan radiotexnik va elektron qurilmalar kompleksi Radiotelemexanika tizimiga birlashtiriladi . Radiotelemexanik tizimlar turli komanda informatsiyalari uzatiladigan radioboshqarish, nazorat informatsiyalari uzatiladigan radioteleoʻlchash va kompleks tizimlarga boʻlinadi.

Radiobosh qarish tizimlarida operator (dispetcher)dan obyektga komanda uzatilganda boshqarish pultida operator tergan komanda kodi ketmaket elektr impulslariga, soʻngra fazali, amplitudali yoki chastotali modulyatsiya metodi b-n radiosignallarga aylanadi.

Radioteleoʻlchash yoki radiotelemetriya tizimlarida oʻlchash oʻzgartirgichi (datchik) qabul qilish organi boʻlib xizmat qiladi, uning chiqish qismida oʻlchanadigan kattalikka mos kuchlanish hosil boʻladi. Bu kuchlanish chastota, amplituda, faza yoki impuls boʻyicha modulyapiyalanib, avval yordamchi signalga, soʻngra ikkinchi modulyatorda yuqori chastotali radiosignalga aylantiriladi. Koʻpgina umumlashtirilgan obyektlarni oʻz ichiga oluvchi kompleks tizimlarda kanallarni adres (kod) boʻyicha taqsimlashdan foydalaniladi.

Boshqarish turiga qarab, Radiotelemexanika ochiq va yopiq tizimli boʻlishi mumkin. Ochiq Radiotelemexanikada operator qatnashadi. Mac, Ep sunʼiy yoʻldoshlari asboblarini nazorat qilishda operator belgilangan vaqtda uzatkichni ulaydi va sunʼiy yoʻldoshdagi Radiotelemexanika tizimini ishga tushirish uchun komanda signallarini yuboradi. Sunʼiy yoʻldoshdan kelgan signallarga qarab, bortdagi apparatlarning ishi nazorat qilinadi. Yopiq Radiotelemexanika tizimida operator qatnashmaydi, uning vazifasini avtomatik elektron boshqarish qurilmasi bajaradi. Radiotelemexanika kosmik kemalar, samolyotlar, reaktiv snaryadlar, raketalar, sayyoralararo st-yalar, kemalar va b. ni boshqarish, qoʻzgʻalmas va harakatdagi obyektlarda oʻtadigan turli jarayonlarni bir maromga solib turish, oʻlchash natijalarini zarur joyga uzatish uchun qoʻllaniladi.