RADIOTELEGRAF ALOQA

RADIOTELEGRAF ALOQA — telegraf aloqaning xabarlar (telegrammalar) radiotoʻlqinlar yordamida uzatiladigan turi. Dastlab (20-a. ning 1choragi) xabarlar telegraf kodidan foydalanib uzatilgan. Radiotelegraf aloqada qoʻllanilgan apparatlar kam quvvatli uzatkichlar va qabul qilgichlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik tezkor avtomatik uzatkich — transmitterlar va elektromexanik qayd qilish qurilmalari — ondulyatorlardan foydalanilgan. Harf teruvchi telegraf apparatlari yaratilganidan, radioaloqa va telegraf aloqa takomillashganidan, Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalana boshlanganidan soʻng Radiotelegraf aloqa ham ancha takomillashli. Simli telegraf aloqadan farqli ravishda Radiotelegraf aloqa koʻshimcha oraliq apparatlardan foydalanmagan holda xabarlarni uzoq masofalarga uzatishga imkon beradi. Uning yordamida harakatlanib turgan obyektlar (samolyotlar, kosmik kemalar va b.) bilan aloqa oʻrnatish mumkin.