RADIOSTANSIYA

RADIOSTANSIYA (radio… va stansiya) — axborotlarni radiotoʻlqinlar yordamida uzatish yoki qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar va apparatlar majmui. Radiostansiyada radiouzatkich, radiopriyomnik, antennalar, tok manbai va sovitish qurilmalari, kabel yoki havo liniyalari, boshqarish punktlari va b. boʻladi. Uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvch iuzatuvchi Radiostansiyalar bor. Uzatuvchi Radiostansiya radioeshittirish (konsertlar, spektakllar va b. ni bir tomonlama uzatish uchun), televizion (televideniye dasturlarini uzatish uchun), magistral radioaloka (telegraf va telefon apparatlari yordamida radioaloka oʻrnatish uchun) hamda maxsus (radionavigatsiya, radioastronomiya va b. uchun) xillari bor. Ultraqisqa, qisqa, oʻrta va uzun toʻlqinlarda ishlaydi. Unda faqat radiouzatkich boʻladi (radiopriyomnik boʻlmaydi). Uzatuvchi televizion Radiostansiyada ikkita radiouzatkich bor: biri tasvirni, ikkinchisi tovushni uzatadi. Qabul qiluvchi Radiostansiya uzatuvchi Radiostansiya signallarini qabul qiladi. Asosiy qismlari: antenna va radiopriyomnik. Muqim (statsionar) va Kuchma xillari bor. Odatda, koʻchma R. radiouzatkich bilan birga ishlatiladi. Qabul qiluvchiuzatuvchi Radiostansiya ikki tomonlama aloqa qilishga imkon beradi. Asosiy qismlari: antenna, radiouzatkich, radiopriyomnik, tok manbai va qoʻshimcha qurilmalar. Signallarni galmagal uzatadigan va qabul qiladigan (simpleks) hamda bir vaqtda uzatibqabul qiladigan (dupleks) muqim va koʻchma xillari bor. Kuchma Radiostansiya avtomobil, samolyot, kema va b. ga oʻrnatiladi. Muqim Radiostansiya maxsus binoga joylashtiriladi.