RADIORELELI ALOQA

RADIORELELI ALOQA (radio… va rele) — qabul qilishuzatish radiostansiyalari zanjiridan iborat avtomatik radioaloka. Bir punktdan qabul qilingan signallar oraliq st-yada kuchaytirilib, ikkinchisiga uzatiladi. Styalar bir-biridan 40—60 km masofada quriladi. Radioreleli aloqada ultraqisqa toʻlqinlardan foydalaniladi. Radioreleli aloqa liniyalari katta sigʻimli (magistral), oʻrtacha sigʻimli (zonali), kam kanalli (t. y. transporti, gaz quvurlari, neft quvurlari va b. da qoʻllaniladigan) liniyalarga boʻlinadi. Har bir liniya imkoniyatini oshirish uchun bir necha (6 ta5 gacha) yuqori chastotali tarmoqlar qoʻllaniladi. Tarmoq lar mustaqil ishlaydi, lekin hammasi umumiy antennadan foydalanadi. Har qaysi tarmoqdan bir vaqtda 600—1000 telefonda gaplashish yoki 1 ta sifatli teledastur uzatish mumkin. Radioreleli aloqada yoʻnaltirilgan kuchli antennalardan foydalaniladi. Birinchi 5 ta telefon kanaliga moʻljallangan Radioreleli aloqa liniyasi 1935-y. AQSH da Nyu-York b-n Filadelfiya orasida qurilgan. Radioreleli aloqa shaharlararo telefon va telegraf aloqasi oʻrnatish, radio va televideniye dasturlarini uzok, masofalarga uzatish, teleboshqarish hamda teleoʻlchash signallarini uzatish maqsadlarida, harbiy ishda qoʻllaniladi.