RADIONAVIGATSIYA

RADIONAVIGATSIYA (radio… va navigatsiya) — harakatlanadigan obyektlar (kema va samolyotlar) ni boshkarish va boshqariladigan obyektlarni toʻgʻrilashga doir amallar majmui; shunday masalalar bilan shugullanadigan ilmiytexnika fani. Radionavigatsiya amallari radiotexnika vositalari va usullari yordamida bajariladi. Asosiy vazifasi — samolyot yoki kemaning turgan joyini aniqlash. Buning uchun obyekt yoʻnalishi va masofasini aniqlashga toʻgʻri keladi. Radionavigatsiyada radiopelengator, radiomayoq yoki radiolokatsiya st-yasi va b. yordamida yoʻnalishni, masofani oʻlchash, panoram radiolokator ekraniga yer sirtining vizual tasvirini tushirish usullaridan foydalaniladi.

Radionavigatsiya vositalarining ishi radiotoʻlqinlarning tarqalishi xususiyatidan foydalanishga asoslangan. Radionavigatsiya vositalari hal qiladigan masalalariga qarab, xususiy navigatsiya masalalarini yechishni taʼminlaydigan Radionavigatsiya qurilmalari (radiopelengatorp&r, radiokompaspar, radiomayak va b.)ga va murakkab kompleks navigatsiya masalalarini yechadigan Radionavigatsiya tizimlariga boʻlinadi. Foydalaniladigan radiotoʻlqin diapazoni boʻyicha radioaloka reglamentiga muvofiq boʻlgan; navigatsiya elementlarini oʻlchashda foydalaniladigan radiosignallar parametrlari boʻyicha — amplitudali, fazali, chastotali, vaqtli va kombinatsiyalashgan; vaziyat chizikdarini aniqlash usuli boʻyicha — burchak oʻlchagichli (azimutli), uzoqiik oʻlchagich (doiraviy) va kombinatsiyalashgan; navigatsiya axborotlarini taʼminlovchi harakatdagi obyektlar soni boʻyicha — oʻtkazish xususiyati chegaralangan va chegaralanmagan obyektlarni aniqlaydigan xillarga ajratiladi.

Radionavigatsiya samolyot va kemalarni boshqarishda, qutqaruv ishlarida va xalq xoʻjaligida qoʻllanadi.