RADIOMETR

RADIOMETR (radio… va… metr) — 1) elektromagnit nurlanish energiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi nurlanishning issiklik taʼsiriga asoslanadi. Quyosh radiatsiyasi, infraqizil nurlanish va b. nurlanishlarni tadqiq qilishda qoʻllaniladi (yana q. Aktinometr, Pirgeliometr);

2) rad ioastronomiyada — radiotoʻlqinlar diapazonida (toʻlqin uzunligi 0,1 mm dan 1000 m gacha) astronomik obyektlarning nurlanishini tadqiq qilish uchun moʻljallangan radiotexnik qurilma. Radioteleskoplarning qabul qiluvchi qurilmasi sifatida, shuningdek, Yer sirtining issiklik xaritalarini tuzishda qoʻllaniladi; 3) radioaktiv manbalarning faolligi (vaqt birligi mobaynida radioaktiv yemirilish aktlari soni) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob;

4) akustikada — tovush nurlanishlari bosimi (tovushning radiatsion bosimi) ni, kengroq maʼnoda — tovush maydonining baʼzi muhim koʻrsatkichlari (tovush energiyasi zichligi, tovush intensivligi va b.)ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob.