RADIOMARKAZ

RADIOMARKAZ — radioaloqa va radioeshittirishni amalga oshirish uchun moʻljallangan inshootlar va texnik vositalar (antennalar, uzatuvchi va qabul qiluvchi apparatlar, tovush yozish apparatlari, kuchaytirgichlar va b.) majmui. Vazifasiga koʻra, qabul qiluvchi, uzatuvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi turlarga ajratiladi. Uzatish va qabul qilishdagi xalaqitlarni kamaytirish uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi Radiomarkazlar bir-biridan va sanoat korxonalaridan uzoqroqqa joylashtiriladi. Qabul qiluvchiuzatuvchi Radiomarkaz lardan harbiy ishda, ekspeditsiyalarda foydalaniladi. Ularni, Mas, kemalarga joylashtirish mumkin (yana q. Radiostansiya).